Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot
2026-10-03 19:05:00 / Ochiq muloqotlar

Farg‘ona tumani hokimi Nodirjon Mashrapov tumandagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Muloqotda tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish, kredit mablag‘laridan foydalanish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, yangi loyihalarni shakllantirish hamda boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Tadbirkorlar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflarni o‘rganish hamda ularning amaliy yechimini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.









