Farg‘ona tuman Kengashining 30-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
2026-10-03 18:05:00 / Majlislar

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashining navbatdagi 30-sessiyasida tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji va aholi manfaatlariga daxldor qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi.
Jumladan, mahalliy byudjetning qo‘shimcha mablag‘laridan samarali foydalanish, obodonlashtirish va chiqindilarni olib chiqish xizmatlari tariflarini belgilash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, mahalla boshqaruvi samaradorligini oshirish hamda keksa avlod vakillarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, yer va ko‘chmas mulkka oid qonunchilik ijrosi hamda deputatlarning odob-axloq qoidalarini tasdiqlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, ularning ijrosi ustidan deputatlik nazoratini ta’minlash belgilandi.









