Farg‘ona tumanida 1,5 million dollarlik tekstil loyihasi rejalashtirilmoqda
2026-10-02 14:05:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumani hokimi Nodirjon Mashrapov Turkiyaning “Tolo tekstil” korxonasi rahbari, investor Umidjon Xo‘jayev bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida Farg‘ona tumanida tekstil mahsulotlari, xususan, ayollar ro‘mollarini ishlab chiqarish hamda tayyor mahsulotlarni Dubay bozoriga eksport qilish masalalari muhokama qilindi.
Loyihaning dastlabki bosqichida 1,5 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritish va 150 ga yaqin yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilmoqda.
Uchrashuvda loyihani amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, ishlab chiqarish jarayonini yo‘lga qo‘yish va eksport yo‘nalishlarini kengaytirish bo‘yicha kelgusidagi hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.



