Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
2026-10-02 13:05:00 / Ochiq muloqotlar

Farg‘ona tumani hokimining o‘rinbosari — Investitsiyalar, sanoat va savdo sho‘basi boshlig‘i Akbarjon Axrorov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg‘ona tumani Xalq qabulxonasida jismoniy va yuridik shaxslar ishtirokida navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan yo‘llangan murojaatlar tinglanib, ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli choralar belgilandi.
Murojaatlarning ayrimlari ijobiy hal etildi, ayrimlariga huquqiy tushuntirishlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish va muayyan muddat talab qiladigan murojaatlar bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.




