Ta’lim muassasalari rahbarlari munosib e’tirof etildi
2026-09-30 22:50:00 / Yangiliklar

1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Farg‘ona tumani hokimligi binosida bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Farg‘ona tumani hokimi Nodirjon Mashrapov tomonidan tuman hududida faoliyat yuritayotgan davlat, nodavlat va professional ta’lim muassasalarining bir guruh direktorlari ta’lim-tarbiya sohasidagi samarali faoliyati uchun munosib e’tirof etildi.
Tadbir davomida ta’lim sifatini oshirish, yosh avlodga puxta bilim va tarbiya berish, pedagoglarning mehnatini qadrlash hamda ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish muhim vazifalardan ekani ta’kidlandi.
Bayram munosabati bilan ta’lim muassasalari rahbarlariga samimiy tilaklar bildirilib, kelgusidagi faoliyatlariga muvaffaqiyatlar tilandi.








