“Vodil” podstansiyasida elektr tarmoqlarining ishonchliligi oshirilmoqda
2026-09-29 20:35:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumanining qator hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlab kelayotgan “Vodil” podstansiyasidan chiquvchi 10 kVli elektr uzatish tarmoqlarining boshlanish qismlarida yangilash ishlari amalga oshirildi.
Jumladan, tarmoqlarning boshlanish qismidagi kabellar to‘liq yangilanib, elektr energiyasini uzatish tizimining muhim bo‘g‘inlaridan biri mustahkamlandi.
Mazkur ishlar, ayniqsa, kuz-qish mavsumida elektr energiyasiga bo‘lgan talab va tarmoqlardagi yuklama ortishini inobatga olgan holda, elektr ta’minotining barqarorligini ta’minlashga qaratilgan.
Yangilangan kabellar orqali tarmoqning ishonchliligini oshirish, ehtimoliy nosozliklarning oldini olish hamda iste’molchilarga elektr energiyasini barqaror yetkazib berish imkoniyatlari kengaytiriladi.
Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida elektr ta’minoti tizimida tayyorgarlik va yangilash ishlari davom ettirilmoqda.


