Farg‘ona viloyatida ilk bor U-13 Flag futbol chempionati yakunlandi
2026-09-29 19:00:00 / Yangiliklar

Farg‘ona viloyatida ilk bor U-13 yosh toifasidagi o‘g‘il va qizlar o‘rtasida Flag futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi.
Murosasiz va qiziqarli bahslarga boy kechgan musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalarni taqdirlash marosimi tashkil etildi.
Taqdirlash marosimida O‘zbekiston Amerika futboli va Flag futboli federatsiyasining Farg‘ona viloyati bo‘limi raisi Nodirbek Hakimov hamda Farg‘ona tumani hokimi o‘rinbosari Ilhomjon Toshpo‘latov ishtirok etdi.









