Maktab maslahatchilari ishtirokida “Metod kuni” o‘tkazildi
2026-09-26 17:00:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumani “Kelajak markazi” tomonidan 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabida maktab maslahatchilari ishtirokida navbatdagi “Metod kuni” tashkil etildi.
Tadbirda “O‘quvchilar Kengashi va maktab maslahatchisining oylik, yillik rejalarini shakllantirish” hamda “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturini targ‘ib qilish mavzularida fikr va tajriba almashildi.
Tadbirda Farg‘ona tumani hokimi o‘rinbosari Ilhomjon Toshpo‘latov ishtirok etib, maktab maslahatchilari bilan ta’lim muassasalarida olib borilayotgan ishlar yuzasidan suhbatlashdi.
Muloqot davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, o‘quvchilar bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda maktab maslahatchilari faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.






