Navbatdagi sayyor qabul: murojaatdan amaliy natijaga
2026-09-25 18:40:00 / Ochiq muloqotlar

Fuqaroning murojaati ortida uning hayotiga daxldor masala, yechim kutayotgan muammo bor. Farg‘ona tumanida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirokida o‘tkazilgan navbatdagi sayyor qabulda ham asosiy e’tibor odamlarni tinglash bilan birga, ko‘tarilgan masalalarga aniq va amaliy yechim topishga qaratildi.
Prezidentning viloyatdagi Xalq qabulxonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan qabulda viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov, shahar va tumanlar hokimliklari, korxona va tashkilotlar rahbarlari, mutasaddi idoralar hamda tegishli sohalar mas’ullari ishtirok etdi.









