“Hosilot” mahallasida “Sog‘lomlashtirish kuni” tadbiri o‘tkazildi
2026-09-25 15:05:00 / Yangiliklar

“Yoshlar kuni” tadbirlari doirasida Farg‘ona tumanining “Hosilot” mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida “Sog‘lomlashtirish kuni” tadbiri hamda “Sog‘lom hayot sari 5000 qadam” aksiyasi ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
Tadbirda “Nuroniylar” jamg‘armasi tuman Kengashi raisi Tursunboy Madaliyev, mahalla faollari, xotin-qizlar, nuroniylar va yoshlar — uch avlod vakillari faol ishtirok etdi.
Tadbir davomida sport-sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlari, turli harakatli o‘yinlar hamda samimiy muloqotlar tashkil etilib, ishtirokchilarga faol va sog‘lom turmush tarzining ahamiyati targ‘ib qilindi.


