“Obod” mahallasida hudud chiqindilardan tozalandi
2026-09-24 20:35:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumanida “Yoshlar kuni” tadbirlari doirasida Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasining Farg‘ona viloyati boshqarmasi hamda viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan eko-plogging aksiyasi davomida “Obod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududi chiqindilardan tozalandi.
Aksiyada yoshlar yetakchilari faol ishtirok etib, hududdagi maishiy chiqindilarni yig‘ish va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirdi. To‘plangan chiqindilar “Maxsus garant” MChJ tomonidan maxsus texnikalar yordamida olib chiqilib, belgilangan chiqindi poligonlariga yuborildi.
Mazkur aksiya orqali yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish, atrof-muhitni asrash va hududlarni ozoda saqlashga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga e’tibor qaratildi.






