Tadbirkorlar murojaatlari manzilli o‘rganilmoqda
2026-09-23 16:30:00 / Ochiq muloqotlar

Tadbirkorlarning murojaatlarini tezkor qabul qilish, mavjud muammolarini o‘rganish va ularga amaliy yechim topish maqsadida Farg‘ona tumanida tashkil etilgan maxsus shtab tomonidan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Farg‘ona tumani hokimi Nodirjon Mashrapov boshchiligida o‘tkazilgan muloqotda tadbirkorlarning muammo va takliflari tinglanib, ularni hal etish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
Bildirilgan murojaatlarning har biri mas’ullar kesimida ko‘rib chiqilib, ularni o‘z vaqtida va amaliy jihatdan hal etish yuzasidan tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar hamda ularning murojaatlarini manzilli o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.







