Belaruslik investorlar bilan qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda
2026-09-22 17:25:00 / Yangiliklar

Farg‘ona viloyatida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Belarus Respublikasining Minsk viloyati ijroiya qo‘mitasi raisi Aleksey Kushnarenko boshchiligidagi delegatsiya Farg‘ona tumanidagi “Yangi asr” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida belaruslik investor tomonidan tashkil etilgan “Fermi 777” MCHJ xorijiy korxonasi faoliyati bilan tanishdi.
Delegatsiya a’zolariga korxonada meva-sabzavot mahsulotlarini zamonaviy texnologiyalar asosida qayta ishlash, saralash, muzlatish, saqlash va eksportga tayyorlash jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Korxonada, xususan, malina, gilos, qoraqat va qulupnay kabi eksportbop mahsulotlar xalqaro talablar asosida saralanib, muzlatilgan holda qadoqlanadi. Tayyor mahsulotlar Rossiya, Turkiya, Belarus va Qozog‘iston kabi davlatlarga muntazam eksport qilinmoqda.









