Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha mahallada ishlar tashkil etildi
2026-09-19 19:30:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumani IIB boshlig‘i, polkovnik M.A. Qunduzov tomonidan kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan “Xuroba” MFYda mahalla yettiligi bilan amaliy ishlar tashkil etildi.
Uchrashuv va o‘rganishlar davomida mahalladagi kambag‘al oilalar bilan ishlash, ularning muammolarini aniqlash, bandligini ta’minlash hamda daromad manbalarini ko‘paytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mavjud muammolarni manzilli hal etish, ehtiyojmand oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar mahalla yettiligi bilan hamkorlikda izchil davom ettirilmoqda.



