"Xoʻja Ahmad Vale" maqbarasini rekonstruksiya qilish ishlari boshlandi
2026-09-16 14:30:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-yanvardagi PQ-5-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona tumani markazidagi "Chinor tagi" istirohat bog‘i hududida joylashgan "Xoʻja Ahmad Vale" maqbarasini rekonstruksiya qilish ishlari boshlandi.
Maqbarani rekonstruksiya qilish loyihasi doirasida qurilish ishlariga start berilib, mazkur jarayonning dastlabki ramziy tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda Farg‘ona tumani hokimi Nodirjon Mashrapov, mahalla faollari, nuroniylar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Yig‘ilganlar tomonidan maqbara devoriga ramziy ravishda ilk g‘isht qo‘yildi.
Mazkur bunyodkorlik ishlari "Xoʻja Ahmad Vale" maqbarasini obodlashtirish, tarixiy-madaniy meros obyektini asrab-avaylash hamda hududning turizm salohiyatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.









