Farg‘ona tumanlik o‘quvchi xalqaro SAT imtihonida 1460 ball to‘pladi
2026-09-11 16:30:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-“A” sinf o‘quvchisi Abdug‘aniyev Islomjon xalqaro SAT imtihonida 1460 ball natijani qo‘lga kiritdi.
Yosh bilimdonning ushbu natijasi uning ta’lim olishga bo‘lgan intilishi, izlanishi va o‘z ustida muntazam ishlayotganidan dalolat beradi.
Islomjon nafaqat ta’limda, balki IT sohasi hamda sportning shaxmat turiga ham katta qiziqish bildiradi. U “Besh tashabbus” musobaqalarining shaxmat bo‘yicha tuman bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.
Shuningdek, 2025–2026-o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘rtasida o‘tkazilgan “Rahbar kubogi” musobaqasining shaxmat yo‘nalishida ishtirok etib, viloyat bosqichida 2-o‘rinni egallagan.
Islomjon Abdug‘aniyevni xalqaro SAT imtihonidagi yuqori natijasi hamda shaxmatdagi yutuqlari bilan samimiy muborakbod etamiz. Unga kelgusidagi o‘qishlari, izlanishlari va barcha ezgu maqsadlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

