Farg‘ona tumanida UzKOSMOS orqali aniqlangan noqonuniy chiqindixona bartaraf etildi
2026-09-11 16:15:00 / Yangiliklar

Farg‘ona viloyati Ekologiya bosh boshqarmasi davlat inspektorlari tomonidan “UzKOSMOS” agentligi orqali sun’iy yo‘ldoshdan olingan ma’lumotlar asosida Farg‘ona tumanining “Yangi asr” MFY hududida, Kardiologiya shifoxonasi orqasida joylashgan yer maydoni o‘rganildi.
O‘rganish davomida mazkur hududga turli xil qurilish va maishiy chiqindilar noqonuniy ravishda tashlangani, natijada belgilanmagan joyda chiqindixona yuzaga kelgani aniqlandi.
Holat yuzasidan tegishli choralar ko‘rilib, noqonuniy chiqindixona bartaraf etildi hamda hudud chiqindilardan tozalandi.
Shuningdek, chiqindilarni belgilanmagan joyga tashlagan fuqaro F.T.ga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 91-moddasi 1-qismi bilan 3 million 80 ming so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi.
Atrof-muhitni asrash, chiqindilarni belgilangan joylarga tashlash va hududlar obodonligiga rioya qilish har bir fuqaroning burchidir. Chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash tabiatga, hudud obodonligiga hamda aholi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.






