Yosh tadbirkorlar bilan ochiq muloqot
2026-09-10 17:05:00 / Ochiq muloqotlar

“Yoshlar kuni” munosabati bilan Farg‘ona tumani hokimi Nodirjon Mashrapov “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi yosh tadbirkorlar bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida yosh tadbirkorlarning loyihalari bilan tanishilib, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish, aholi gavjum hududlarda savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini tashkil etish bo‘yicha tashabbuslar muhokama qilindi.
Yoshlarning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, loyihalarni amaliyotga joriy etish va yangi imkoniyatlar yaratish yuzasidan fikr almashildi.



