Bolalar o‘rtasida yo‘l harakati xavfsizligi targ‘ib qilindi
2026-09-10 16:00:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabda o‘quvchilar ishtirokida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, bolalar o‘rtasida yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini oshirish maqsadida profilaktik-targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga yo‘lni belgilangan joylardan kesib o‘tish, svetofor va yo‘l belgilari talablariga amal qilish, velosiped hamda boshqa transport vositalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya etish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, yo‘l-transport hodisalarining oldini olishda har bir harakat ishtirokchisining mas’uliyati muhim ekani alohida ta’kidlandi.
Zero, bolalar xavfsizligi — barchamizning umumiy mas’uliyatimiz!


