15 ming AQSh dollari — aliment uchun oldindan to‘landi!
2026-09-10 15:35:00 / Yangiliklar

Oyma-oy kutish emas — farzandlar kelajagini oldindan o‘ylash!
Byuroning Farg‘ona tuman bo‘limida mavjud mazkur ijro hujjati asosida ijro harakatlari olib borildi. Davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida qarzdor o‘zining 2 nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun 15 ming AQSh dollari miqdoridagi aliment mablag‘larini oldindan to‘lab berdi.
Ya’ni qarzdor aliment majburiyatini oyma-oy bajarish o‘rniga, farzandlarining kelajagini bugundan ta’minlash yo‘lini tanladi. Mazkur to‘lovning amalga oshirilishi natijasida ijro hujjati qonunchilikda belgilangan tartibda ijrosiz qaytarildi.
Farzandlar ta’minoti — nafaqat qonuniy majburiyat, balki ularning kelajagi uchun mas’uliyatdir.
