Yo‘lovchi xavfsizligi — barchamiz uchun muhim!
2026-09-10 15:00:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumanida joylashgan avtoshahbekatda yo‘lovchi tashuvchi transport vositalari haydovchilari bilan yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan profilaktik suhbat o‘tkazildi.
Suhbat davomida haydovchilarga yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilish, belgilangan tezlik me’yorlarini buzmaslik, transport vositalarini texnik soz holatda boshqarish hamda yo‘lovchilarning hayoti va xavfsizligiga yuksak mas’uliyat bilan yondashish zarurligi tushuntirildi.
Shuningdek, yo‘lovchi tashish jarayonida ehtiyotkorlikni oshirish, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish va harakat xavfsizligini ta’minlash har bir haydovchining muhim vazifasi ekani ta’kidlandi.



