Chet el fuqarosi bo‘lgan undiruvchiga aliment mablag‘lari yetkazib berildi
2026-09-10 14:40:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumani bo‘limi ish yurituvidagi ijro hujjatiga asosan, qarzdor R. X.dan 41 million 600 ming so‘m aliment mablag‘lari undirildi.
E’tiborli jihati, mazkur ijro hujjati bo‘yicha undiruvchi chet el fuqarosi hisoblanadi. Undirilgan mablag‘larni belgilangan tartibda naqd pul shaklida undiruvchiga topshirish ta’minlandi.
Shu tariqa, mamlakat hududidan tashqarida bo‘lgan undiruvchining ham qonuniy manfaatlari ta’minlanib, farzand ta’minoti uchun undirilgan mablag‘ o‘z egasiga yetkazib berildi.
