Paxta qabul qilish punkti va ishlab chiqarish klasterida o‘rganish o‘tkazildi
2026-09-10 14:15:00 / Yangiliklar

Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari, polkovnik S.T. Zuparov tomonidan Farg‘ona tumanida joylashgan “Bohodir Log‘on Textile” MChJga qarashli paxta qabul qilish punkti hamda ishlab chiqarish klasterida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganishlar davomida obyektdagi mavjud holat, yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi hamda paxta yig‘im-terimi mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari ko‘zdan kechirildi.
Aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish, shuningdek, paxta yig‘im-terimi mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarning oldini olish, ularning oqibatlarini bartaraf etishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.









