Xorijiy investor bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi
2026-09-09 22:00:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumani hokimining o‘rinbosari — Investitsiyalar, sanoat va savdo sho‘basi boshlig‘i Akbarjon Axrorov Singapurning International Dispute Resolution Chambers (IDRC) korxonasi Managing direktori va Co-Founder’i Charles Tay bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Farg‘ona tumanida turizm va ishlab chiqarish yo‘nalishlarida istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish hamda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar hududning mavjud salohiyati va investitsiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalanish yuzasidan fikr almashdilar.





