Noqonuniy chiqindixonalar bartaraf etildi
2026-09-09 17:05:00 / Yangiliklar

O‘zkosmos agentligi tomonidan taqdim etilgan monitoring ma’lumotlari asosida Ekopоlitsiyaning Farg‘ona tuman bo‘limi xodimlari tomonidan “Shohimardonobod” va “Oqtom” mahallalarida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida aniqlangan noqonuniy chiqindixonalar maxsus texnikalar jalb etilgan holda shu kunning o‘zida bartaraf etildi.
Shuningdek, chiqindilarni, jumladan, sanoat va qurilish chiqindilarini belgilanmagan joylarga tashlagan 3 nafar fuqaroga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda ma’muriy choralar ko‘rildi. Qoidabuzarlarga jami 7 million 480 ming so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi.
Atrof-muhitni asrash, hududlar tozaligini ta’minlash va ekologik madaniyatni yuksaltirish barchamizning umumiy vazifamizdir.




