Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
2026-09-09 16:35:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i A. Ziyavitdinov tomonidan Farg‘ona tumanidagi “Oq oltin” va “Maydon” mahallalarida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi.
Mazkur mahallalar yangi bino qurilishi dasturiga kiritilib, buning uchun mablag‘ ajratilgan. Hozirda “Oq oltin” mahallasi paxta sanoati korxonasida, “Maydon” mahallasi esa veterinariya binosida faoliyat yuritmoqda.
O‘rganish davomida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va xonadonlarning daromad manbalarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
“Mahalla yettiligi” a’zolari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, xonadonbay ishlashni tizimli yo‘lga qo‘yish hamda aniqlangan muammolarni manzilli hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, amalga oshirilgan ishlar va aniqlangan ma’lumotlarni tegishli elektron platformalarga o‘z vaqtida hamda to‘liq kiritish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.




