“Sanoat” mahallasida amaliy ishlar
2026-09-09 16:00:00 / Yangiliklar

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi kotibiyat mudiri Shuxratjon Rahimov hamda deputat Bahodirjon Abdulmamatov tomonidan “Sanoat” mahallasida tomorqalardan samarali foydalanish va tadbirkorlik loyihalari o‘rganildi.
Mahallaning asosiy drayver yo‘nalishlaridan biri — malinachilik bilan shug‘ullanuvchi xonadonlarda hosildorlikni oshirish, suv ta’minoti, mahsulotni saqlash va sotish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, tadbirkor Dilmurodjon Umurjonov tomonidan 500 million so‘m o‘z mablag‘i hisobidan tashkil etilgan avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va ehtiyot qismlar savdo shoxobchasi faoliyati o‘rganildi. Loyiha doirasida 4 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.
Aniqlangan masalalarni hal etish, tomorqalardan unumli foydalanish va yangi tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.



