Tabiiy hududlardagi peshlavha va ko‘rsatkichlar o‘rganildi
2026-09-09 10:15:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-iyuldagi 376-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona tumanidagi tabiiy hududlarda o‘rnatilgan peshlavha va axborot ko‘rsatkichlari o‘rganildi.
O‘rganish davomida tog‘lar, daralar, soylar hamda boshqa tabiiy va rekreatsiya maskanlaridagi yozuvlarning amaldagi davlat tili qoidalari va me’yorlariga muvofiqligi ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, hududlarda aholi va tashrif buyuruvchilar uchun o‘rnatiladigan yangi axborot ko‘rsatkichlari, peshlavhalar hamda ogohlantiruvchi belgilar matnlarini davlat tili talablariga muvofiq tayyorlash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.


