Farg‘ona tumanida yangi investitsiya loyihalari muhokama qilindi
2026-09-09 07:05:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumani hokimi Nodirjon Mashrapov Turkiyaning “GLOBAL FRUITS EKSPORT” kompaniyasi vakili Mehmet Ali bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Farg‘ona tumanida maymunjon, malina va qoraqat yetishtirishni yo‘lga qo‘yish, intensiv bog‘dorchilikni rivojlantirish hamda yetishtirilgan mahsulotlarni Rossiya, Turkiya va boshqa xorijiy davlatlarga eksport qilish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, mevalarni saqlash uchun zamonaviy muzlatkich ombori tashkil etish loyihasi yuzasidan fikr almashildi.
Loyihalarni amaliyotga joriy etish, investor uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.



