Fuqarolar murojaatlari e’tiborda
2026-09-08 20:30:00 / Ochiq muloqotlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg‘ona tumani Xalq qabulxonasida Farg‘ona tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Ilhomjon Toshpo‘latov tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar ishtirokida navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish, ijtimoiy himoya, moddiy yordam, bandlikni ta’minlash, kommunal xizmatlar va infratuzilmaga oid murojaatlar bildirildi.
Murojaatlar belgilangan tartibda ro‘yxatga olinib, ijro uchun mas’ul tashkilotlarga yo‘naltirildi. Ularning o‘z vaqtida va qonuniy hal etilishi yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.






