Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
2026-09-08 19:40:00 / Majlislar

Xalq deputatlari Farg‘ona tumani Kengashining “Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilish kun tartibidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi PQ–5072-sonli hamda Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi KQ-666-IV-sonli qarorlariga asosan Farg‘ona tumanida o‘tkazilgan 2026-yilgi Tashabbusli byudjet jarayonining 2-mavsumi natijalari to‘g‘risidagi masala o‘rin oldi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan mas’ullarning hisoboti tinglanib, deputatlar tomonidan tegishli taklif va mulohazalar bildirildi.
Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masala bo‘yicha tegishli qaror qabul qilinib, uni Xalq deputatlari Farg‘ona tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish tavsiya etildi.




