Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish
2026-09-07 20:00:00 / Yangiliklar

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi kotibiyati mudiri Shuxratjon Rahimov hamda tuman Kengashi deputati Ozodaxon Dadajonova tomonidan “Xo‘ja Ahmad Vale” mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasining “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida mahallada jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, profilaktik tadbirlarni tashkil etish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda ichki ishlar organlarining mahalla “yettiligi” va hamkor tashkilotlar bilan o‘zaro faoliyati tahlil qilindi.
Shuningdek, profilaktika inspektorining xizmat faoliyati, huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda jinoyatchilikning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etishga qaratilgan ishlar yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi.
O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish, aholi bilan manzilli ishlashni kuchaytirish va qonun talablarining to‘liq ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazoratiga olinib, qonun ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni doimiy nazorat qilib borish belgilandi.


