Fuqarolar murojaatlari e’tiborda
2026-09-04 15:30:00 / Ochiq muloqotlar

Farg‘ona tumani hokimining o‘rinbosari — Investitsiyalar, sanoat va savdo sho‘basi boshlig‘i Akbarjon Axrorov tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg‘ona tumani Xalq qabulxonasida navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar va tadbirkorlarning murojaatlari tinglanib, ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni qonuniy tartibda ko‘rib chiqish, ularning yechimini ta’minlash hamda murojaat egalariga amaliy ko‘mak ko‘rsatish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.



