Fuqarolar murojaatlari e’tiborda
2026-09-04 14:40:00 / Ochiq muloqotlar

Farg‘ona tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Ilhomjon Toshpo‘latov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg‘ona tumani Xalq qabulxonasida fuqarolar uchun navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Murojaatlarda ilgari surilgan masalalarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning qonuniy yechimini ta’minlash hamda fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.






