Huquqiy va kasbiy bilimlar yanada oshirilmoqda
2026-09-03 21:45:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumani hokimligi xodimlarining huquqiy va kasbiy bilimlarini oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini keng tushuntirish maqsadida tuman Adliya bo‘limi bilan hamkorlikda o‘quv-seminar tashkil etildi.
Seminarda hokimlik xodimlari ishtirok etib, Prezident Administratsiyasining asosiy vazifa va vakolatlari, davlat organlari bilan hamkorlik qilish tartibi hamda hujjatlar bilan ishlashning muhim jihatlari yuzasidan batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Shuningdek, topshiriqlarni sifatli va o‘z vaqtida ijro etish, ijro intizomiga qat’iy rioya qilish, hujjatlar ijrosini nazoratga olish hamda davlat boshqaruvida mas’uliyat va samaradorlikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.






