Tadbirkorlar bilan amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda
2026-09-02 18:00:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumanida tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, ularga yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish va mavjud masalalarni joyida hal etish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Ayni kunlarda Farg‘ona tumani hokimligida “Farg‘ona Invest Kompaniyasi” xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-iyuldagi 478-sonli qarori yuzasidan tumandagi tadbirkorlar bilan joylarda uchrashuv va amaliy ishlar tashkil etilmoqda.
Jarayon davomida tadbirkorlarning arizalari bevosita joyida qabul qilinib, tegishli shartnomalar tuzilmoqda. Shuningdek, tadbirkorlarga mazkur qarorda belgilangan imkoniyat va imtiyozlar, ulardan foydalanish tartibi yuzasidan batafsil tushuntirishlar berilmoqda.
Tadbirkorlar tomonidan qarorda belgilangan imkoniyatlardan samarali foydalanish uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, shuningdek, “Farg‘ona Invest Kompaniyasi” tomonidan olib borilayotgan targ‘ibot va amaliy ko‘mak ishlarining ahamiyati ijobiy baholanmoqda.
Tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda hududning iqtisodiy salohiyatini oshirish borasidagi amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.




