Mahallalarda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash samaradorligi o‘rganildi
2026-08-29 23:25:00 / Yangiliklar

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Ozodaxon Dadajonova, “Madad” NNT, Yoshlar maslahat guruhi hamda Ekspert guruhi a’zolari ishtirokida “Navro‘z” mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-martdagi PQ–92-sonli qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida qaror ijrosining amaldagi holati 15 ta savoldan iborat savolnoma asosida atroflicha tahlil qilindi. Jumladan, oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, xonadon tomorqalaridan samarali foydalanish, yuqori daromadli ekinlarni yetishtirish, aholining agrotexnik ko‘nikmalarini oshirish hamda yetishtirilgan mahsulotlarni realizatsiya qilishga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, kambag‘al oilalar farzandlarini qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqib, mahalladagi hunarmand va ustalarga shogirdlikka biriktirish, ularni zarur o‘quv jihozlari, o‘quv qurollari va sport kiyimlari bilan ta’minlash, qo‘shimcha dars va to‘garaklarga jalb etish borasidagi ishlar ham o‘rganildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammolarni bartaraf etish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va belgilangan vazifalar ijrosini yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.



