Aholi bandligini ta’minlash — ustuvor vazifa
2026-08-29 23:25:00 / Yangiliklar

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Ozodaxon Dadajonova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Abduxamid Eminjonov tomonidan “Navro‘z” mahallasida hokim yordamchisining faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
O‘rganish davomida hokim yordamchisining aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish borasidagi faoliyati tahlil qilindi.
Jumladan, tikuvchilik faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida imtiyozli kredit mablag‘laridan foydalangan tadbirkor Alimova Zarnigorning faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
Hokim yordamchisi ko‘magida ajratilgan imtiyozli kredit hisobidan tadbirkor tomonidan milliy kiyimlar ishlab chiqarish va tikish faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Bugungi kunda loyiha doirasida ishlab chiqarish jarayonlari izchil davom ettirilmoqda.
E’tiborlisi, mazkur loyiha natijasida mahallaning 5 nafar fuqarosi doimiy ish bilan ta’minlangan. Bu esa imtiyozli kredit mablag‘laridan samarali foydalanish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadlarini oshirish borasidagi ishlarning amaliy ifodasidir.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yangi loyihalarni ishga tushirish va yaratilgan ish o‘rinlarining barqarorligini ta’minlash borasidagi faoliyatni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.


