Farg‘ona tumanida yana bir zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘z faoliyatini boshladi
2026-08-29 13:05:00 / Yangiliklar

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Farg‘ona tumanidagi 25-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti yangidan bunyod etilib, foydalanishga topshirildi.
120 o‘rinli zamonaviy bog‘chada jajji tarbiyalanuvchilarning sifatli ta’lim-tarbiya olishi, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi va har tomonlama kamol topishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.
Yangi va shinam maskanning foydalanishga topshirilishi hudud aholisi uchun quvonchli voqea bo‘lib, ota-onalar uchun ham katta qulaylik yaratdi.






