Farg‘ona tumani faollari yuksak e’tirof etildi
2026-08-28 14:25:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi Farmoniga muvofiq, bir guruh Farg‘ona tumani faollari yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldi.
Taqdirlanganlar orasida iqtisod, bandlik, ijtimoiy soha, tibbiyot, ta’lim, madaniyat, yoshlar siyosati, xotin-qizlar, qishloq xo‘jaligi, tadbirkorlik, investitsiya, qurilish va obodonlashtirish yo‘nalishlarida samarali mehnat qilayotgan soha vakillari bor.
Farg‘ona tumani hokimligida o‘tkazilgan tantanali tadbirda esdalik nishonlari munosib egalariga topshirildi.
Tadbirda Farg‘ona tumani hokimi Nodirjon Mashrapov so‘zga chiqib, mustaqillik yillarida mamlakatimiz erishgan yutuqlar, inson qadri va manfaatlarini ta’minlash, jamiyatning barcha sohalarini rivojlantirish borasidagi islohotlarning ahamiyatini ta’kidladi.
Mazkur yuksak e’tirof — Vatan ravnaqi, xalq farovonligi va Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga qo‘shilayotgan munosib mehnatning e’tirofidir.









