Farg‘ona tumanining “Beruniy” mahallasidagi nosoz tayanchlar yangilanmoqda
2026-08-25 17:55:00 / Yangiliklar

Yillar davomida xizmat qilgan, vaqt sinovidan o‘tgan eski tayanchlar endi o‘z o‘rnini zamonaviy va mustahkam tayanchlarga bo‘shatmoqda.
Fuqarolar murojaati asosida mahalladagi elektr tarmog‘i holati o‘rganilib, nosoz tayanchlarni yangilash ishlari boshlandi. Bu, avvalo, elektr ta’minoti xavfsizligi va ishonchliligini oshirishga qaratilgan muhim amaliy qadamdir.
Ayniqsa, Mustaqillik bayrami arafasida amalga oshirilayotgan ushbu ishlar “Beruniy” mahallasi aholisi uchun o‘ziga xos bayramona tuhfa bo‘ldi. Murojaatning e’tiborsiz qoldirilmay, amaliy natijaga aylangani fuqarolarni ham mamnun etdi.
Endi uzoq yillar xizmat qilgan eski tayanchlar o‘rniga yangi, mustahkam tayanchlar qad rostlaydi.


