“Shohimardon shifo” sihatgohi faoliyati bilan tanishildi
2026-08-22 17:30:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumani hokimi o‘rinbosari Akbarjon Axrorov “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Shohimardon shifo” sihatgohi faoliyati bilan tanishdi.
O‘rganish davomida sihatgohda fuqarolarga tibbiy-sog‘lomlashtirish xizmatlarini ko‘rsatish uchun yaratilgan sharoitlar, davolash xonalari, tibbiy jihozlar bilan ta’minlanganlik darajasi, dori vositalari zaxirasi hamda muassasa binosining texnik holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, sihatgoh hududida olib borilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishilib, tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, dam oluvchilar va bemorlar uchun qulay sharoitlar yaratish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.






