Faol nuroniylar uchun “Chodak” maskaniga sayohat uyushtirildi
2026-08-21 19:00:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumani faol nuroniylari uchun viloyat “Nuroniy” jamg‘armasi hamda tuman hokimligi hamkorligida tashkil etilgan “Keksalar turizm oyligi” doirasida Mustaqilligimizning 35 yilligi bayrami arafasida Namangan viloyatidagi “Chodak” dam olish maskaniga sayohat uyushtirildi.
Sayohat davomida nuroniylarimiz maskanning so‘lim tabiati va diqqatga sazovor joylari bilan yaqindan tanishib, mazmunli hordiq chiqardilar.
Shuningdek, “Bir piyola choy ustida” davra suhbati tashkil etilib, samimiy muloqot, hazil-mutoyiba hamda dilrabo kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Davra davomida nuroniylar o‘zaro fikr almashib, hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Faol nuroniylarimiz mamlakatimizda keksalarga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor, ular uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, g‘amxo‘rlik va e’tiroflardan mamnun ekanliklarini bildirib, Yurtboshimizga, viloyat va tuman rahbarlariga o‘z minnatdorliklarini izhor etdilar.
Mazmunli sayohat yakunida barcha nuroniylarimiz o‘z yashash manzillariga sog‘-salomat, ko‘tarinki kayfiyatda qaytib keldilar.






