Yoshlar bilan huquqiy uchrashuv o‘tkazildi
2026-08-14 22:30:00 / Ochiq muloqotlar

Farg‘ona viloyatida yoshlar bilan huquqiy savodxonlikni oshirish, ularni korrupsiya va jinoyatchilikdan himoya qilish maqsadida uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida korrupsiya va boshqa jinoyatlardan jabr ko‘rgan yoshlarga huquqiy tushuntirishlar berilib, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, Majburiy ijro byurosi tizimida ishlashga qiziqqan yoshlarga ishga qabul qilish tartibi, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari hamda tizimda faoliyat yuritish uchun qo‘yiladigan talablar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tib, yoshlarning savollariga mutaxassislar tomonidan huquqiy asoslangan javoblar berildi.
Majburiy ijro byurosi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma Ichki xavfsizlik sho‘basi katta inspektori va Farg‘ona tuman bo‘lim boshlig‘i ishtirokida Farg‘ona tumani 62-sonli maktabda yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.



