Mahallalarda yangi mikroloyihalar — yangi imkoniyatlar
2026-08-14 21:40:00 / Ochiq muloqotlar

Farg‘ona tumanidagi “Yangi asr” hamda “Toshqo‘rg‘oni Aziz” mahallalarida tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi mikroloyihalarni yo‘lga qo‘yish, aholi bandligi va daromadini oshirish masalalarida ochiq muloqot o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i A. Ziyavitdinov mahalla yettiligi bilan uchrashib, kambag‘allik va ishsizlikni qisqartirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar hamda aniq vazifalarni muhokama qildi.
Muloqot yakunida avgust oyi yakuniga qadar belgilangan reja asosida yangi mikroloyihalarni tashkil etish bo‘yicha kelishib olindi.
Belgilangan maqsadlarga erishish uchun mas’ullarga zarur ko‘mak va tavsiyalar berildi.






