Shohimardonda yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-08-13 18:10:00 / Oçiq muloqotlar

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Yoshlar kuni tadbirlari doirasida Farg‘ona tumanining Shohimardon qishlog‘ida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda chekka va olis hududdagi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbus va g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish, bandligini ta’minlash hamda zamonaviy kasblarga o‘qitish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Muloqot avvalida viloyat hokimi bugungi kunda Farg‘ona tumanini Sharqiy turistik kurort darvozasiga aylantirish, xususan, Shohimardon qishlog‘ida xalqaro turizm markazini tashkil qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar boshlanayotganini ta’kidladi.









