Poytaxtda axborot xizmatlari rahbarlari uchun seminar-trening boshlandi
2026-08-10 14:35:00 / Yangiliklar

Farg‘ona viloyatidagi shahar va tumanlar hokimliklari axborot xizmatlari rahbarlari uchun O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida seminar-treninglar boshlandi.
Treningning dastlabki mashg‘ulotida professor Beruniy Alimov ishtirok etib, axborot xizmatlari faoliyatini samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan ochiq va tizimli muloqot o‘rnatish borasida o‘z tajriba va ko‘nikmalari bilan o‘rtoqlashdi.
Mashg‘ulot davomida hokimliklar axborot xizmatlari oldida turgan muhim vazifalar, axborotni tezkor, xolis va sifatli yetkazish, ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlik qilish, ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri va maqsadli foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.




