"Yordon" tog‘ qutqaruv guruhi faoliyati o‘rganildi
2026-08-09 16:05:00 / Yangiliklar

Favqulodda vaziyatlar vazirligi mas’ul xodimi, polkovnik Sh. Dadaxanov tomonidan Farg‘ona tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limining "Yordon" tog‘ qutqaruv guruhi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida guruhning xizmat faoliyati, shaxsiy tarkib uchun yaratilgan sharoitlar, navbatchilikni tashkil etish, xizmatni o‘tash tartibi, mavjud maxsus texnika va qutqaruv jihozlarining shayligi hamda hujjatlarning yuritilishi ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, qutqaruv ishlarini samarali tashkil etish holati tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, xizmat faoliyatini yanada takomillashtirish va qutqaruv ishlarining samaradorligini oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.






