“Yangi asr” mahallasida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi
2026-08-07 20:35:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan “Yangi asr” mahalla fuqarolar yig‘inida yong‘in xavfsizligiga bag‘ishlangan o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminar davomida aholi o‘rtasida yong‘in xavfsizligi madaniyatini yuksaltirish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda fuqarolarning bu boradagi bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, “Namunaviy yong‘indan xoli xonadon” tashkil etilib, unda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etish, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalarini to‘g‘ri joylashtirish, elektr va gaz jihozlaridan xavfsiz foydalanish hamda tabiiy gaz sizib chiqishi va is gazi miqdorini aniqlovchi gaz analizatorining ishlash tartibi hamda afzalliklari amaliy tarzda namoyish etildi.









