Notinch oilalar bilan yarashtirish uchrashuvi o‘tkazildi
2026-08-07 09:05:00 / Ochiq muloqotlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg‘ona tuman Xalq qabulxonasida Farg‘ona tumani hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Xamidaxon Abdug‘aniyeva, tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i Sarvarbek Mahkamov, tuman Ichki ishlar bo‘limi xodimi Surayyo Musayeva hamda tuman yarashtirish komissiyasi a’zolari ishtirokida navbatdagi shaxsiy qabul tashkil etildi.
Qabulda “Beruniy”, “Sanoat”, “Mindonobod”, “Bo‘ston”, “Marg‘ilon” va “Guzar” mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi notinch oilalar vakillari ishtirok etdi.
Qabul davomida oilalardagi mavjud muammolar atroflicha muhokama qilinib, tomonlarni o‘zaro murosaga keltirish, oilani saqlab qolish hamda farzandlar manfaatlarini himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Oilalarga bir-birini yaxshiroq tushunish va yarashish uchun vaqt berildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga oila muqaddas maskan ekani, oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylash, o‘zaro hurmat va mas’uliyatni mustahkamlash yuzasidan huquqiy hamda ma’naviy tushuntirishlar berildi.



